Medical Express - Xalqaro tibbiy ixtisoslashtirilgan ilmiy va amaliy multimedia jurnali va assotsiatsiyasi

SSV: Vazirlik mas'ullari Davlatobodda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

2 121 просмотров
SSV: Vazirlik mas'ullari Davlatobodda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Davlatobod tumanida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov boshchiligidagi mas'ullar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbir aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, tibbiy xizmat sifatiga oid muammolarni aniqlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Dastlab mas’ullar tumandagi 1-son shahar shifoxonasida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda davolash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Sayyor qabulda 120 nafardan ziyod fuqaro murojaati mas’ullar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati tibbiy maslahat olish, ko‘rikdan o‘tish, davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanish hamda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi. Shu bilan birga, sohada korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish va tizimda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qilingan masalalar esa nazoratga olindi.

Shuningdek, tadbir doirasida malakali shifokor va mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mobil komplekslar orqali barcha tibbiy xizmatlar shu joyning o‘zida ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida Odob-axloq komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi. Unda xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan ayrim mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Sohada ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlash va shaffof boshqaruvni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Qolaversa, Situatsion markaz faoliyati bilan tanishish jarayonida mas'ullarga stizimda korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlash, murojaatlarni tezkor qabul qilish va ular ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

SSV Matbuot xizmati.

Web-site Telegram Fb Instagram

/uploads/news/photo_5319227059940825961_y.jpg

/uploads/news/photo_5319227059940825962_y.jpg

/uploads/news/photo_5319227059940825963_y.jpg

/uploads/news/photo_5319227059940825964_y.jpg

/uploads/news/photo_5319227059940825965_y.jpg

/uploads/news/photo_5319227059940825966_y.jpg

Будьте в курсе

Подпишитесь на дайджест Medical Express - новости, конференции и новые выпуски журнала.