Medical Express - Xalqaro tibbiy ixtisoslashtirilgan ilmiy va amaliy multimedia jurnali va assotsiatsiyasi

Xalqaro Hakorlik> Sog‘liqni saqlash vazirligida Turkiyaning “Atlas University Hospital” shifoxonasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Elgyormush boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi

2 783 просмотров
Xalqaro Hakorlik> Sog‘liqni saqlash vazirligida Turkiyaning “Atlas University Hospital” shifoxonasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Elgyormush boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligida Turkiyaning “Atlas University Hospital” shifoxonasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Elgyormush boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida Turkiyaning “Atlas University Hospital” shifoxonasi boshqaruv kengashi raisi Yusuf Elgyormush boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildiUnda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, tibbiy ta’lim, kadrlar tayyorlash va ilg‘or tajribalar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.  

Qayd etilganidek, “Atlas University Hospital”da kardiologiya, neyrojarrohlik, onkologiya, ortopediya, reabilitatsiya va boshqa yo‘nalishlarda yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Qolaversa, tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik va tibbiy turizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan. 

Muloqot chog‘ida o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ushbu muassasa bazasida tayyorlash va malakasini oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir jarrohligi, neyroxirurgiya va tibbiy reabilitatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.   Shuningdek, tadbirda ikki mamlakat mutaxassislari ishtirokida qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslari va qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

Tomonlar mazkur uchrashuv o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.  

SSV Matbuot xizmati. ???? Web-site Telegram Fb Instagram

/uploads/news/photo_5451674986536966504_y.jpg

/uploads/news/photo_5451674986536966505_y.jpg

/uploads/news/photo_5451674986536966506_y.jpg

Будьте в курсе

Подпишитесь на дайджест Medical Express - новости, конференции и новые выпуски журнала.