Medical Express - Xalqaro tibbiy ixtisoslashtirilgan ilmiy va amaliy multimedia jurnali va assotsiatsiyasi

SSV: Vazir: Onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish bosh maqsadimiz bo‘lishi zarur

1 865 просмотров
SSV: Vazir: Onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish bosh maqsadimiz bo‘lishi zarur

Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda onalar va bolalar hamda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasida o‘z yechimini kutayotgan masalalar tanqidiy tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, hozirga kelib mamlakatimiz bo‘yicha homilador ayollarning 81 foizi prenatal ultratovush tekshiruvi bilan qamrab olinmoqda. Irsiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash ham izchil yo‘lga qo‘yilgan. Har yili tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar tizimli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilyapti.

Hududlarda uch yilda jami 2 204 ta qo‘shimcha tug‘uruq o‘rni tashkil qilindi. Joriy yilda ular soni yana 1 057 taga, 2027-yilda esa 1 060 ta ko‘payadi. Xalqaro dasturlar asosida 1 984 nafar mutaxassisning malakasi oshirildi. Natijada reproduktiv salomatlik ko‘rsatkichlari birmuncha yaxshilandi.

Shunga qaramay, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Jumladan, yurtimiz bo‘yicha, o‘rindoshlik bilan hisoblaganda, 520 ta akusher-ginekolog shtati bo‘sh turibdi. Farg‘onada 100, Namanganda 66, Toshkent shahrida 56, Sirdaryoda 51 nafar akusher-ginekolog, bundan tashqari, respublika tibbiyot muassasalarida 687 nafar anestiziolog-reanimatolog yetishmaydi.

Mamlakatimiz bo‘yicha atigi 126 nafar ginekolog laparoskopda ishlash ko‘nikmasiga ega. Ularning 102 nafari Toshkent shahri va viloyat muassasalarida ishlasa, 24 nafari tuman shifoxonalarida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, salomatligi ko‘tarmasligiga qaramay, homilador bo‘layotgan ayollarning hayoti xavf ostida qolayotgani, ularning hisobi yuritilmayotgani va alohida nazoratga olinmayotgani achinarlidir. Afsuski, o‘tgan yili onalar o‘limining 30 foizi aynan shu toifadagi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tahlillarga ko‘ra, turli nuqson va irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarning 10 foizi yaqin qarindoshlar nikohidan tug‘ilgan.

Har yili o‘rtacha 50 ming nafar ayol salomatligi tiklanmasdan, 2 yil to‘lmasdan farzand ko‘ryapti. Bunday holatlar, ayniqsa, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ko‘p uchramoqda. Shu sababli ham reproduktiv salomatlik ko‘rsatkichlarining tizimli tahlili olib borilishi va keskin choralar ko‘rililishi zarurligi ta'kidlandi.

Muloqot davomida vazir har bir hududdagi soha mas'ullari va tug‘uruq muassasalari rahbarlarining fikrini, sohada yig‘ilib qolgan muammolarni tingladi. Tegishli mutaxassislar ishtirokida ularning har birini chuqur muhokama qilib, yechimlari bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

SSV Matbuot xizmati. ???? Web-site Telegram Fb Instagram

/uploads/news/photo_5469849819254824599_y.jpg

/uploads/news/photo_5469849819254824595_y.jpg

/uploads/news/photo_5469849819254824592_y.jpg

/uploads/news/photo_5469849819254824593_y.jpg

/uploads/news/photo_5469849819254824597_y.jpg

/uploads/news/photo_5469849819254824598_y.jpg

Будьте в курсе

Подпишитесь на дайджест Medical Express - новости, конференции и новые выпуски журнала.